Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va maktab-internatlariga atoqli ijodkorlar nomi beriladi

Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va maktab-internatlariga atoqli ijodkorlar nomi beriladi

Muhokamalar portaliga ‘‘О‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlariga San’at sohasidagi atoqli ijodkorlar nomini berish tо‘g‘risida’’gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

 

Loyihaga ko‘ra, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari uch oy muddatda ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

 

a) о‘zgartirilgan ta’lim muassasalari nomlarini davlat rо‘yxatidan о‘tkazish hamda ish yuritish hujjatlariga tegishli о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish;

 

b) ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarda о‘rnatilgan peshlavhalar hamda axborot kо‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va meyorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosida yozilishi;

 

v) atoqli ijodkorlar hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar, kо‘rgazmalar va uchrashuvlarni muntazam tashkil etib borishni ta’minlaydi.

 

Nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va maktab-internatlarning
RO‘YXATI

T/r Maktab va maktab-internatlari nomi Maktab va maktab-internatlari joylashgan hudud
1. Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi Toshkent shahar
2. Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi Toshkent shahar
3. Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Toshkent shahar
4. Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Nukus shahri
5. Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Izboskan tumani
6. Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Buxoro shahar
7. Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Jizzax shahar
8. Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Shahrisabz shahri
9. Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi Qo‘qon shahar
10. Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Nurota tumani
11. Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Uchqo‘rg‘on shahri
12. Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Pastdarg‘om tumani
13. Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Guliston shahar
14. Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Termiz shahar
15. Xorazm ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Urganch shahri

 

San’at sohasidagi atoqli ijodkorlar nomi berilgan ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va maktab-internatlarning
RO‘YXATI

T/r Maktab va maktab-internatlarning amaldagi nomi Maktab va maktab-internatlari joylashgan hudud Maktab va maktab-internatlarning yangi nomi
1. Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi Toshkent shahar Chingiz Ahmarov

nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi

2. Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Toshkent shahar Rahim Ahmedov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
3. Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Izboskan tumani Abdulhaq Abdullayev nomidagi Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati
4. Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-inernati Buxoro shahar Usta Shirin Murodov nomidagi Buxoro Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
5. Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Jizzax shahar Mirak Naqqosh nomidagi Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
6. Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Shahrisabz shahri Shamsiro‘y Xasanova nomidagi Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
7. Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi Qo‘qon shahar Qodirjon Haydarov nomidagi

Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi

8. Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Nurota tumani Mahmud Muzahhib nomidagi Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab internati
9. Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Uchqo‘rg‘on shahri Ne’mat Qo‘ziboyev nomidagi Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
10. Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Pastdarg‘om tumani Murod Samarqandiy nomidagi Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab- internati
11. Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Guliston shahar Lutfulla Abdullayev nomidagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
12. Xorazm ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Urganch shahri Xudoybergan Devonov nomidagi Xorazm ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati