Joriy yilning 21-yanvar kuni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati Kuzatuv kengashi qaroriga asosan 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul tartibi tasdiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu maktabga joriy yilgi qabul 2 ta yo‘nalishga ajratilgan holda o‘tkazilishi belgilandi va imtihon olinadigan fanlar tarkibi hamda ajratilgan kvotalar taqsimotiga nisbatan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Shuningdek, apellyatsiya tartibi joriy etilgan, bu nomzodlarga qabul qaroriga nisbatan murojaat qilish va o‘z huquqlarini himoya qilish imkoniyatini beradi.
Saralash imtihoni
Saralash imtihoni natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 600 nafar nomzod 2-bosqichga tavsiya etiladi.
1-yo‘nalish uchun o‘rinlar soni – 400 ta
Blok I
Ingliz tili – 25 ta savol (test) 42,5 ball
Blok II
Matematika – 20 ta savol (test) 34 ball
Fizika – 15 ta savol (test) 25,5 ball
2-yo‘nalish uchun o‘rinlar soni – 200 ta
Blok I
Ingliz tili – 25 ta savol (test) 42,5 ball
Blok II
Kimyo – 20 ta savol (test) 34 ball
Biologiya – 15 ta savol (test) 25,5 ball
Kirish imtihon savollari 2 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etiladi va yozma topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Har bir fan yo‘nalishi 2 ta fan bloklari savollarini o‘z ichiga oladi, imtihon natijalari esa 100 ballik tizim asosida baholanadi.
IB sertifikati nimani anglatadi?
Maktab o‘z bitiruvchilariga xalqaro miqyosda tan olingan IB diplomini berish huquqiga ega bo’ldi;
Maktab bitiruvchilariga Harvard, Oxford, Cambridge, MIT, Stanford kabi dunyoning TOP universitetlariga 100 foizgacha grant (scholarship) asosida kirish imkoniyati yaratiladi;
Maktab bitiruvchilari bakalavriat bosqichini 3 yil ichida tamomlash imkoniyati beriladi.
IB DP ta’lim tizimining asosiy jihatlari:
- o‘quvchilarni yodlashga emas, tanqidiy va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi;
- o‘quvchilarda ijodkorlik va ilmiy tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantiradi;
- o‘quvchini faqat kasb egasi sifatida emas, balki global dunyo fuqarosi sifatida tarbiyalaydi;
- o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari mustaqil xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi.
Ma’lumot uchun, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati — rasman IB Jahon maktabi maqomini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, maktab IB Diplom Dasturi (IB DP) bo‘yicha to‘liq akkreditatsiyadan o‘tib, rasmiy sertifikat bilan taqdirlangan.
Qabul tartibi haqida batafsil – Faylni yuklash
