Hilola Umarova Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi

Hilola Umarova Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Hilola Uktamovna Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

 

Kecha, 16-fevral kuni Hilola Umarova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida prezident matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar berilgan edi. Uning o‘rniga esa Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

 

Shuningdek, Hilola Umarova endi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi.

 

Maʼlumot uchun, u 2022–2025-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimida ishlagan.

 

2025-yil 14-iyul kuni Hilola Umarova Prezident Administratsiyasiga ishga oʻtgach, oʻsha paytda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritayotgan Eʼzoza Karimova vazir etib tayinlangan edi.

 

Ayni paytda mazkur lavozimga Hilola Umarova tayinlandi.