Xalqaro va asosiy fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning ustozlari qay tartibda rag‘batlantiriladi? - Ta’lim xabarlari
Xalqaro va asosiy fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning ustozlari qay tartibda rag‘batlantiriladi?

Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

 

 

1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500, o‘qituvchisiga — 450 baravari;

2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300, o‘qituvchisiga — 250 baravari;

3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200, o‘qituvchisiga — 150 baravarida.

 

 

Shuningdek, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

 

1-o‘rin uchun — 50 baravari;

2-o‘rin uchun — 35 baravari;

3-o‘rin uchun — 30 baravarida.

 

Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun direktor (rag‘batlantirish) jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi.

 

Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanadi.

 

 

Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada g‘oliblari esa Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры