Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:
– 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
– 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
– 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
– 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.