Bugun xorijiy tillardan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlariga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

Bugun xorijiy tillardan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlariga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

Xabaringiz bor, joriy yilning 31-yanvar kuni ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, koreys (B2; C1), pushtu (B2; C1) urdu (B2; C1) tillaridan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlariga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi.

 

To‘lovni esa ertaga, 1-fevralgacha amalga oshirish lozim. Test sinovlari 2026-yilning 21–22-fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Imtihonlar chet tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida yanvar–may oylarida tashkil etiladi.

 

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlash orqali aynan o‘sha hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

 

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endi chet tili birinchi yoki ikkinchi fan boʻlishidan qatʼiy nazar, B1 darajadagi sertifikat ham qabul qilinadi. Faqat ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foiz miqdorida ball berilishi haqida xabar bergan edik.