Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (VM 13.09.2025-yil №578 qarori bilan tasdiqlangan)ga bir qancha o’zgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Ushbu yangi tartib magistratura bosqichiga hujjat topshirishda ham amal qiladimi?
Yo’q, hukumat qarori bilan faqatgina «Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga o’zgartitirishlar kiritildi. Shuning uchun bu tartib faqat bakalavr bosqichi uchun tegishli hisoblanadi.
Eslatib o’tamiz, 2024-yil 25-mayda Prezident Farmoni e’lon qilingan edi. Unga ko’ra, OTM magistraturasiga qo‘yilgan chet tili talabi yo‘nalishlarga qarab farqlandi. Avvalgi tartibga ko‘ra, filologik yo‘nalishlar uchun C1 daraja, qolgan barcha yo‘nalishlar uchun esa B2 daraja talab qilinardi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-2025-o’quv yili uchun magistratura va doktoranturaga kirishda talab qilinadigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxatini tasdiqlagan edi. Ro‘yxatlarda mutaxassislikka qarab qaysi yo‘nalish uchun B1, B2, C1 sertifikatlari qabul qilinishi belgilangan.
Quyidagi fayllar orqali magistratura va doktarantura uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlari va ularning darajalari bilan to’liq tanishib chiqish mumkin:
Faylni yuklash – Magistratura
Faylni yuklash – Doktarantura
