Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinish sanasi e’lon qilindi

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinish sanasi e’lon qilindi

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1-fevralidan qabul qilinadi.

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq, eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar:

 

 

9-sinf uchun — tegishli yilda 17 yoshga to‘ladigan;

 

11-sinf uchun — 19 yoshga to‘ladigan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinmagan fuqarolar ariza berishlari mumkin.

 

Ariza berish uchun maktab yoki vazirlikning hududiy boʻlinmalariga borish shart emas.

 

Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

 

Bu muhim! Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin.

 

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinish sanasi e'lon qilindi