2026-2027-oʻquv yilidan boshlab huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovi tashkil etilib, uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi.
Bu haqda Prezidentning 2025-yil 26-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 232-sonli Farmonida nazarda tutilgan.
Shuningdek, ushbu Farmonga koʻra, 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab
– “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” taʼlim yoʻnalishida bakalavr darajasiga ega shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan oʻtmasdan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida davlat va huquq asoslari fani boʻyicha dars berishga ruxsat etiladi;
– huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovi tashkil etilib, uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi.
