​Havo sovuqligi yoki kun qisqarganligi sabab maktabda darslar vaqtini qisqartirish mumkinmi?

​Havo sovuqligi yoki kun qisqarganligi sabab maktabda darslar vaqtini qisqartirish mumkinmi?

Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 25-bandida taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi aniq muddatlar belgilab berilgan.

 

Yaʼni, taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga toʻliq amal qilinadi:

 

– oʻquv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);

 

– oʻquv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga koʻra I-IV sinflar uchun 5 kun);

 

– dars mashgʻulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

 

– dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffusning davomiyligi — 5-10 daqiqa (oʻquv kuni oʻrtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15-30 daqiqa).

 

Xulosa qilib aytganda, dars jarayoni vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqaga qisqartirish mumkin emas. Ammo dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffuslarning davomiyligini 5 daqiqagacha qisqartirish mumkin.