Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan birining direktori fuqaroni kotibalik lavozimiga ishga olish evaziga 200-300 AQSH dollar miqdorida pul talab qilgan.
Tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgach, 200 AQSH dollari berilishi belgilangan.
Direktor kotibalik lavozimiga ishga qabul qilish va buyruq chiqarib berish evaziga 200 AQSH dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat Jinoyat ishlari boʻyicha Qiziriq tuman sudida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida mazmunan koʻrib chiqilib, maktab direktoriga nisbatan jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllanilgan holda 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 45-moddasiga (muayyan huquqdan mahrum qilish) asosan 2-yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash ishlash huquqidan mahrum qilingan.
