“Tashabbusli byudjet” gʻolibi boʻlgan maktab taʼmirida bir qancha kamchiliklar aniqlangan

“Tashabbusli byudjet” gʻolibi boʻlgan maktab taʼmirida bir qancha kamchiliklar aniqlangan

Shayxontohur tumanidagi “Samarqand darvoza” MFYda joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabi “Tashabbusli byudjet” doirasida maktab faollar zalini ta’mirlash loyihasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. Ammo ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda boshlanmagan. Bu haqda UzA yozmoqda.

 

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashiga Ekologik partiyadan saylangan deputat Gulasal Rahmonova mazkur maktabda mahalla raisi va faollari, partiya vakillari bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib borgan. O‘rganish jarayonida bir qator kamchilik va muammolar aniqlangan.

“Tashabbusli byudjet” gʻolibi boʻlgan maktab taʼmirida bir qancha kamchiliklar aniqlangan

Maktab mutasaddilari faollar zalini ta’mirlash jarayonlarida standartlarga nomuvofiq materiallardan foydalanilayotgani, shuningdek, qurilish ishlarini o‘rganish va fotosuratga olishga qurilish mas’ullari tomonidan ruxsat berilmayotganidan norozilik bildirgan.

 

Muloqot davomida ta’mirlash ishlari sust olib borilayotgani, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan ta’lim sharoitlari hamda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga zid holatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi ta’kidlangan.

 

Mazkur masala yuzasidan tumandagi mas’ul tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborilishi, shuningdek, holat bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilishi ma’lum qilingan.