Farg’onada 9-sinf o’quvchisi o‘zini tomdan tashlab, joniga qasd qilgani aytilmoqda

Farg’onada 9-sinf o’quvchisi o‘zini tomdan tashlab, joniga qasd qilgani aytilmoqda

Joriy yilning 13-yanvar kuni Farg‘ona shahrida 9-sinf o‘quvchisi R.Y. yashab turgan 8 qavatli uyning tom qismidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, marhumning onasi 2025-yil 25-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketgan va bola opa-ukalari bilan tog‘asining qaramog‘ida qolgan. U 13-yanvar kuni o‘zi yashab turgan 8 qavatli uyning tom qismiga chiqib, pastga sakrash oqibatida vafot etgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, marhum o‘z joniga qasd qilishdan oldin yoqtirgan qizi bilan SMS-xabarlar yozishgan.

 

Hodisa sodir bo‘lgan joyga Farg‘ona shahar IIB hamda prokuratura xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi yetib borgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.