1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyida qoʻshimcha bir hafta taʼtil beriladi

1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyida qoʻshimcha bir hafta taʼtil beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomning 26-bandiga ko‘ra 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilishi belgilangan.

 

Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va bo‘linmalari tomonidan yoki har bir maktab pedagogik kengashi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Maktab ma’muriyati elektron jurnalda ta’til kunlarini rejalashtirishi lozim bo‘ladi.

 

Ma’lumot uchun: O‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2-sentabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi. Bunda o‘quv yilining davomiyligi I sinflar uchun 33 haftani tashkil etadi.