Toshkent viloyatida 6-sinf oʻquvchisi arab tilidan B2 sertifikatni qoʻlga kiritdi

Toshkent viloyatida 6-sinf oʻquvchisi arab tilidan B2 sertifikatni qoʻlga kiritdi

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 9-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Azizbek Sodiqov arab tilidan B2 milliy sertifikatini qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

 

Toshkent viloyatida 6-sinf oʻquvchisi arab tilidan B2 sertifikatni qoʻlga kiritdi

Ma’lum bo‘lishicha, Parkent tumanidagi 9-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Azizbek Sodiqov bu natijani arab tilidan qayd etgan. U arab tilini tumandagi Cosmos School o‘quv markazida o’rganib kelgan.

 

Ustozlariga ko‘ra, Azizbekning bu natijasi O‘zbekistonda arab tili bo‘yicha yosh jihatdan qayd etilgan yagona sertifikat hisoblanadi. Shuningdek, o’quvchining bu natijasi eng yaxshi natijadan biri deb e’tirof etilmoqda.