Hemis tizimida joriy semestr fanlarining reyting qaydnomasida xato kiritilgan ballarni prorektor ruxsati bilan tuzatish imkoniyati ishga tushirildi.
Mazkur jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich: So‘rov yuborish
O‘qituvchi qaydnomadagi “so‘rov” linkini bosish orqali o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga xato kiritilgan ballni tuzatish uchun ruxsat so‘rovi yuboradi.
Ikkinchi bosqich: So‘rovni ko‘rib chiqish
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor o‘zlashtirish/baholash so‘rovlari sahifasida o‘qituvchilar tomonidan yuborilgan so‘rovlarni ko‘rib chiqadi.
So‘rov muallifi nomiga bosish orqali qo‘shimcha oynada so‘rovni tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Uchinchi bosqich: Ballni tuzatish
O‘qituvchi tasdiqlangan (ruxsat berilgan) so‘rov ustiga bosib, qo‘shimcha oynada nazoratning yangi bahosini kiritib saqlaydi.
Shundan so‘ng so‘rov “yakunlandi” holatiga o‘tadi va talabaning qaydnomadagi bahosi avtomatik ravishda o‘zgaradi.
To‘rtinchi bosqich: Rad etilgan so‘rovlar
Rad etilgan so‘rovlar ijrosiz qoladi, ya’ni ushbu so‘rovlar orqali bahoni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur jarayon o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor nazorati ostida amalga oshiriladi.
Avvalroq, endi Hemisdagi baholarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida xabar bergan edik.
