Oʻqituvchilarni aholini hisobga olish ishlariga jalb qilish qatʼiyan taqiqlanadi — Mehnat inspeksiyasi

Oʻqituvchilarni aholini hisobga olish ishlariga jalb qilish qatʼiyan taqiqlanadi — Mehnat inspeksiyasi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilar aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilinayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

‘‘Pedagog xodimlarni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, jumladan hududlarni obodonlashtirishga, qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish qatʼiyan taqiqlangan hamda qonunbuzilish uchun javobgarlik belgilangan’’, — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, agar shu kabi holatlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud bo‘lsa, ularni @munosibmehnat_bot Telegram boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga yuborish so‘ralgan.

 

Avvalroq, Qoraqalpogʻistonda oʻqituvchilar aholini roʻyxatga olish ishlariga majburiy jalb qilinayotgan boʻlishi mumkin mazmunidagi xabarlar tarqalgan edi.

 

Holat yuzasidan rasmiy munosabat berilib, ushbu maktab jamoasi toʻliq roʻyxatdan oʻtkazilgani, biroq oʻquvchilarning ota-onalarini roʻyxatga olish boʻyicha oʻqituvchilarga hech qanday topshiriq berilmagani, shuningdek, pedagog xodimlar majburiy qoʻshimcha ishlarga jalb etilmagani maʼlum boʻlgandi.