Xorijiy diplomlarni tan olish (nostrifikatsiya) boʻyicha navbatdagi test sinovlari kunlari va ishtirokchilar roʻyxati eʼlon qilindi

Xorijiy diplomlarni tan olish (nostrifikatsiya) boʻyicha navbatdagi test sinovlari kunlari va ishtirokchilar roʻyxati eʼlon qilindi

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 22-23-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

 

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

 

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

 

Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko’ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o’zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.

 

Ishtirokchilar roʻyxatini quyida yuklab olishingiz mumkin: https://t.me/talimxabarlari_fayllar/1317

 

Test sinovi o’tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari (2026-yil 22-23-yanvar):

 

1. QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI:

Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, soat 14:00.
•Manzil: Nukus shahri, Janabazar MFY, Nukus To’rtko’l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy
Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal
•Bino geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHsVFM4F

 

2. XORAZM VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, soat 14-00.
•Manzil: Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, «Yuqoriovul» MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy.
•Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab.
•Bino geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CLAKFLjz

 

3. BUXORO VILOYATI:
Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, soat 14-00
•Manzil: Buxoro tumani, «Bog‘idasht» MFY.
•Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman, 43-maktab.

•Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/5k8Cnn4yzQNjQ3f4A

 

4. NAVOIY VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo‘limi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, soat 14-00.
•Manzil: Navoiy shahar “Yoshlik” MFY.
•Mo‘ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda Metan gaz quyish shahobchasi yonida.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/tZUjupAM9JHEmy5RA

 

5. SAMARQAND VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi.
•Testning boshlanish vaqti: 23-yanvar, 09:00.
•Manzil: Pastdarg‘om tumani «Kamolot» mahallasi Irteshar ges ko’chasi 5-A uy.
•Mo’ljal: sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi yonida.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/BpqJm6VMmktapYQ99

 

6. QASHQADARYO VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Qashqadaryo viloyati bo’limi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, soat 14:00.
•Manzil: Qarshi shahri “Buyuk Turon” MFY Buyuk Turon ko‘chasi 10/v-uy.
•Moljal: Qarshi xalqaro Aeroport yo‘li, «Smart» telivizor zavod yonida, Qarshi shahar 24-umumta’lim maktabi ro‘parasi
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/8pwYs32AqYcefpg59

 

7. SURXONDARYO VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo’limi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 23-yanvar, 1-smena 09:00, 2-smena 11-00.
•Manzil: Termiz shahri «Tinchlik» maxallasi Shodiyona ko’chasi 1-«A» uy.
•Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/UxekcDhjQgt5pGUd7

 

8. JIZZAX VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limining yangi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, soat 14:00.
• Manzili: Sh.Rashidov tumani, «Oqtosh ota» MFY, «Yangi O‘zbekiston» massivi.
• Mo‘ljal: Sayxan, M39 avtomagistralida barpo etilayotgan yangi uylar.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/zxi8CkZQ36ujLBUX7

 

9. SIRDARYO VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi bo’limi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, soat 14-00.
• Manzili: Guliston shahri, 4-mavze, “Buyuk kelajak” massivi.
• Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi va Guliston davlat pedagogika instituti.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78

 

10. ANDIJON VILOYATI:
Andijon davlat universiteti akademik litseyi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, 1-smena soat 08:30, 2-smena soat 10:00, 3-smena 11:30, 4-smena 14:00.
•Manzil: Andijon shahri, Universitet ko’chasi 129″A»-uy.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/Ezm1gbypoBCpPHaF7

 

11. FARG’ONA VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg’ona viloyati bo’limi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar 1-smena soat 14:00, 2-smena soat 15:00.
•Manzil: Fargʻona shahri, Nurafshon koʻchasi, “Mustaqillik shaharchasi”.
•Mo‘ljal: “EKO shahar”
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/oeFGkbHiZJKjKxMw5

 

12. NAMANGAN VILOYATI:
Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, 14:00.
•Manzil: Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, «Tadbirkor» MFY, Yoshlik ko‘chasi, 92-uy.
•Mo‘ljal: Yuksalish massividagi 16-qavatli uy yonida.
Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA

 

13. TOSHKENT SHAHRI:
Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 22-yanvar, 1-smena soat 09:00, 2-smena soat 11:00.
•Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/NH9oiVFNbP3dGf2TA