Toifa olishda o‘qituvchilardan malaka oshirish sertifikati talab qilinadimi?

Toifa olishda o‘qituvchilardan malaka oshirish sertifikati talab qilinadimi?

Savol: Maktabgacha ta’lim tashkilotida metodistman (direktor o‘rinbosari). O‘qishni 2019-yili tugatganman. 2020-yil ishga kirdim. Shu kunga qadar malaka oshirishga bormaganman. Shunda ham attestatsiyada qatnasha olamanmi? Eshitishim bo‘yicha faqat malaka oshirganlar toifa olishda qatnashar ekan, shu to‘g‘rimi?

 

Malaka toifasini olish uchun Malaka oshirish Sertifikati talab qilinmaydi. (CHQBT fani o‘qituvchilari bundan mustasno)

 

Tegishli Nizomning 23-bandiga ko‘ra, bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning oʻzi mustaqil ravishda NIZOMga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) elektron tarzda toʻldiradi.

 

Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

 

– pedagog kadrning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);

 

– qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);

 

Pedagog kadrlardan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

 

– pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma (oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun).

 

Zaruratga koʻra, maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida, pedagog kadrdan quyidagi qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin:

 

– pedagogning familiyasi yoki ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;

 

– navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasdan navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb qilinishiga asos boʻladigan hujjatlar;

 

– pedagog kadrlar toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan, malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun asos boʻladigan hujjatlar.

 

Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr masʼul hisoblanadi.

 

Izoh: Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuboriladigan hujjatlar orasida malaka oshirish Sertifikati talab qilinmagan.