Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi 7-maktabning 6-sinf o’quvchisi Ostonakulov Sultonbek Otajonovich 12 yoshda Chet tilini bilish darajasini aniqlash testidan muvaffaqiyatli o‘tib, B2 sertifikatini qo’lga kiritdi.
Imtihon qismlariga mos ravishda natijalar quyidagicha:
Listening – 62;
Reading – 69;
Writing – 45;
Speaking – 43.
Avvalroq, Navoiy viloyati 5-sinf o‘quvchisi Ergasheva Yasmina CEFR B2 sertifikatni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Navoiy shahridagi 22-umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi Islombek Mansurov CEFR B2 sertifikatga ega bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
