Qonunchilikka ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bir nechta turda faoliyat yuritadi:
Umumiy turdagi MTT
– Barcha bolalar uchun mo‘ljallangan an’anaviy davlat bog‘chalari.
Ixtisoslashtirilgan MTT
– Til, san’at, sport yoki boshqa yo‘nalishlar chuqurroq o‘rgatiladi.
Inklyuziv guruhlarga ega MTT
– Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun moslashtirilgan muhit.
Qo‘shma turdagi MTT
– Bir nechta ta’lim yo‘nalishlari bir tashkilot doirasida olib boriladi.
Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosidagi MTT
– Davlat va tadbirkor hamkorligida tashkil etiladi. Qamrovni kengaytirishga xizmat qiladi.
Ilk rivojlanish markazlari — 2025-yildan joriy etilgan yangi shakl:
– Davlat binolaridagi bo‘sh xonalarda faoliyat yuritadi;
– Davlat tomonidan moliyalashtiriladi;
– “O‘yin guruhi” va maxsus ta’lim modellari asosida ishlaydi.
Asosiy yo‘nalish: Bog‘chaga bormayotgan bolalar, alohida ehtiyojli bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qamrab olish.
Yana qanday imkoniyatlar bor?
– Qisqa muddatli guruhlar;
– 1 yillik majburiy bepul tayyorlov guruhlari;
– Maktabgacha ta’lim mobil guruhlari.
