Prezidentning 2026-yil 15-yanvarda “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–9-son qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, barcha vazirlik va idoralarda:
– 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha bo’yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro’yxati shakllantiriladi;
– har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali o’zbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lug’at va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;
– 2026-yil 1-aprelga qadar o’zida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob o‘qish soati” yo’lga qo’yiladi;
– kitobxonlik bo’yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;
– tanlov asosida eng ko’p kitob o’qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.
Shuningdek, eng ko’p kitob o’qigan top-100 talikka kiradigan o’quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Avvalroq, qarorga muvofiq umumta’lim muassasalarida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
