Navoiy shahridagi 22-umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi Islombek Mansurov Chet tilini bilish darajasi boʻyicha B2 sertifikatni qoʻlga kiritdi.
Imtihon qismlariga mos ravishda natijalar quyidagicha:
— Listening 59;
— Reading 56;
— Writing 53;
— Speaking 51.
Maʼlum boʻlishicha, Islombek Mansurov pedagoglar oilasining toʻngʻich farzandi. Uning otasi Dilshod Mansurov Navoiy davlat universiteti dotsenti boʻlsa, onasi Shohista Turdiyeva maktabda matematika fani oʻqituvchisi.
Avvalroq, Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahridagi 3-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchisi Po’latov Ibrohimjon Chet tilini bilish darajasi bo’yicha B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
