Pedagoglarga toifasi bosqichma-bosqich beriladi. Qaysi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa olish mumkin?

Attestatsiya ikki bosqichda: umumiy 100 ballik tizimda baholanadi va ikki bosqich natijasi qoʻshilib qaror chiqariladi:

 

 

2024-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy etildi. Unga koʻra, attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani (35 ta savol) va kasb standarti (5 ta savol) boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati (10 savol) baholanadi.

 

 

Yangi tartibdagi oʻtkaziladigan attestatsiyada ham ikki bosqich (80+20=100 ball) natijasi qoʻshilib quyidagi tartibda qaror chiqariladi:

 

 

Oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

 

80 ball va undan yuqori boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlanadi;

 

80 balldan past boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) ga tushiriladi;

 

 

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

 

80 ball va undan yuqori boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) beriladi;

 

70 balldan 79 ballgacha boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlanadi;

 

70 balldan kam boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) ga tushiriladi;

 

 

Ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

 

70 ball va undan yuqori boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) beriladi;

 

60 balldan 69 ballgacha boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlanadi;

 

60 balldan kam boʻlsa “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushiriladi;

 

 

Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

 

60 ball va undan yuqori boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) beriladi;

 

55 balldan 59 ballgacha boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlanadi;

 

 

55 balldan kam boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas.

 

Eslatma: Navbatdan tashqari attestatsiya natijasidan qatʼiy nazar salbiy qarorlar qabul qilinmaydi (amaldagi toifa tushirilmaydi).

 

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (17.09.2021 yil 572-son) qaroriga muvofiq, quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi:

 

 

1.  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

 

–   tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

 

–  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);

 

–  xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

 

 

2. Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

 

–  tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

 

–  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);

xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

 

 

3. Jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:

– tuman (shahar) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
– xalqaro hamda respublika (final) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
4. Xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
5. Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
6. Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi).

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры