Andijonda pedagog xodimlarga 322 029 000 (uch yuz yigirma ikki million yigirma toʻqqiz ming bir) soʻm taʼtil pullari toʻlab berilishi taʼminlandi. Bu haqda Andijon viloyati Adliya boshqarmasi xabar berdi.
Unga koʻra, Oltinkoʻl tuman adliya boʻlimiga “Huquqiy mahalla” platformasi orqali tumandagi umumtaʼlim maktablarining jami 32 nafar pedagog xodimlarning murojaati kelib tushgan.
Murojaatni oʻrganish davomida, xodimlarga joriy yilning sentyabr va oktyabr oylarida hisoblangan homiladorlik va tugʻish taʼtili pullari turli vajlar bilan ish beruvchilar tomonidan toʻlab berilmaganligi aniqlangan.
Masala yuzasidan adliya boʻlimi boshligʻining tegishli taqdimnomasi kiritilgan holda, xodimlarga jami 322 029 000 (uch yuz yigirma ikki million yigirma toʻqqiz ming bir) soʻm miqdoridagi taʼtil pullarni toʻlab berilishi taʼminlangan.
