Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashi lozim.
Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi .
Qayd etilishicha, ayni kunlarda abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasalarini tanlash bosqichi davom etmoqda. Abituriyentlar my.uzbmb.uz portali orqali 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy taʼlim muassasalari yoʻnalishlarini tanlashlari talab etiladi.
Yoʻnalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.