Muhokamalar portaliga ‘‘Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat berish tizimini joriy etish to‘g‘risida’’gi Nizom loyihasi joylashtirildi.
Mazkur qaror ijrosi bilan bogʻliq xarajatlarni byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab byudjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan byudjet soʻrovnomalariga asosan Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilar pedagogik kadrlarni kasbiy sertifikatlashdan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtgan deb hisoblanadi.
