Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

 

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17–18–19-yanvar kunlari oʻtkaziladi.

 

Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruhsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” boʻlimi orqali yuklab olishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada test sinovi oʻtkaziladigan sana, vaqt va manzil koʻrsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelish soʻraladi.

 

Test sinovi oʻtkaziladigan binolarga kirish:

 

– 1-smena: 07:00– 08:30;

 

– 2-smena: 13:00 – 14:30.

 

Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

Belgilangan vaqtdan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.