Bahorgi semestr oldidan oʻqishni koʻchirishda quyidagilar mumkin:
– Boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli oʻsha hududga oʻqishini koʻchirishi (oʻzining yoʻnalishiga yoki mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirishi, xohlasa taʼlim shaklini ham oʻzgartirib koʻchirishi ham mumkin);
– Ota-onasi yoki turmush oʻrtogʻi davlat xizmatchisi boʻlib, ularning doimiy ish koyi boshqa viloyatga koʻchirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi singari shakllarda “perevod” qilish mumkin);
– Faqatgina davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga uzrli sababga koʻra tegishli tartibda koʻchira olish.
Quyidagilar mumkin emas:
– Ichki “perevod” (bir oliygoh ichida taʼlim yoʻnalishini yoki taʼlim shaklini oʻzgartirish);
– Bir hudud doirasida boshqa oliygohga koʻchirish (masalan bir viloyatdagi boshqa oliygohga oʻqishni koʻchirish);
– Xorijiy yoki respublika hududidagi ularning filiallaridan oʻqishni koʻchirish;
– Davlat oliygohlaridan xususiy oliygohlarga oʻqishni koʻchirish;
– Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish;
– Xususiy oliygohlar oʻrtasida oʻzaro oʻqishni koʻchirish harakatlari;
– Xususiy oliygoh bilan bogʻliq har qanday oʻqishni koʻchirish jarayonlari;
– Xorijdan davlat yoki xususiy oliygohlarga oʻqishni koʻchirish.
Eslatib oʻtamiz, qishki qabul jarayonlarida oʻqishni koʻchirish hech qanday maxsus imtihonlarsiz oʻtkaziladi. Taqdim etilgan hujjatlar vazirlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, shunga asosan xulosa beriladi.
Avvalroq, qishki oʻqishni koʻchirish jarayonida oʻgʻil bolalar ham oʻqishni koʻchirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
