Ertaga barcha maktablarda 3-chorakning birinchi oʻqish kuni boshlanadi.
Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, qishki taʼtil 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
Ertaga 12-yanvardan III chorak darslari boshlanadi. III chorakning oxirgi darsi esa 20-mart (juma) kuniga toʻgʻri keladi.
Avvalroq, 1-sinf oʻquvchilariga fevral oyida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil berilishi haqida xabar bergan edik.
