Erasmus+ nima?
Erasmus+ — bu Yevropa Ittifoqining ta’lim, trening, yoshlar va sport sohalarini qo‘llab-quvvatlovchi dasturidir. U orqali talaba, o‘qituvchi va xodimlar Yevropada o‘qish, dars berish yoki malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi nima bilan shug‘ullanadi?
Erasmus+ dasturining O‘zbekistonda samarali amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi:
– Dastur haqida ma’lumot beradi;
– Ariza topshiruvchilarga maslahat beradi;
– Hamkorlar topishda ko‘maklashadi;
– Higher Education Reform Expertlar (HEREs) faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Turli tadbirlar (seminarlar, infodaylar va boshqalar) tashkil qiladi.
Qachon ofisga kelib maslahat olish mumkin?
Milliy Erasmus+ Ofisi individual maslahat bermaydi. Ammo, onlayn muloqotlar, ochiq darslar va ta’lim yarmarkalarida ishtirok etadi. Savollaringiz bo‘lsa, ularni neo@erasmusplus.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
Bakalavriat talabalari uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
Xalqaro kredit mobilligi (ICM) dasturi orqali siz:
– 3-12 oylik o‘qish mobilligida;
– 2-12 oylik amaliyot (traineeship) dasturlarida qatnashishingiz mumkin.
Ariza topshirish uchun o‘qiyotgan oliygohingizdagi Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling.
Erasmus Mundus dasturlari ro‘yxatini qayerdan topsa bo‘ladi?
Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) katalogi:
https://www.eacea.ec.europa.eu/scholarships/erasmus-mundus-catalogue_en
Har bir dastur alohida vebsaytga ega va ariza muddati farq qiladi — yozda, kuzda yoki qishda ochilishi mumkin.
Erasmus+ dasturlariga qachon ariza topshiriladi?
Bu har bir dasturga bog‘liq. EMJM uchun odatda oktyabr-fevral oralig‘ida, ICM esa har bir universitet shartlariga ko‘ra farq qiladi.
