Qishki perevodda oʻgʻil bolalar ham oʻqishni koʻchirishi mumkinmi?

Qishki perevodda oʻgʻil bolalar ham oʻqishni koʻchirishi mumkinmi?

Xabar berganimizdek, “Qishki perevod” jarayonlari 2 ta uzrli sababga koʻra amalga oshiriladi.

 

Yaʼni:

 

– talaba turmush qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishni koʻchirish uchun murojaat qilganda;

 

– davlat organlari xodimlarining ish joyi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oʻzgartirilgan taqdirda, uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi muayyan vazirlik yoki idora rahbari tavsiyasi asosida oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda.

Faqatgina qizlar oʻqishini koʻchirishi mumkinmi?

 

Yoʻq. Boshqa viloyatga uylanayotgan yigitlar, agarda oʻsha viloyatga doimiy yashash joylarini koʻchirsalar bemalol oʻsha hududdagi oliygohga perevod qilishlari mumkin.

 

Masalan siz Samarqand viloyatidansiz, kelin esa Toshkent shahridan. Siz endi Toshkentga koʻchib ketyapsiz butkul, yaʼni kelin yashaydigan hududga (viloyat, shaharga). Demak siz endi uzrli sababga egasiz va oʻqishingiz Toshkent shahrida xohlagan davlat oliygohiga koʻchirish imkoniga egasiz.

 

Biroq, siz Samarqand, kelin esa Buxorodan boʻlib, turmush qurgach Toshkent shahri yoki boshqa uchinchi viloyatga koʻchib borsangiz bu uzrli sababga kirmaydi va siz uchinchi hududga oʻqishingizni koʻchira olmaysiz.

 

Ahamiyat beradigan jihati shundan iborat-ki, uzrli sabab boʻlishi uchun turmush quruvchilardan biri (er yoki xotin)ning doimiy yashash hududiga koʻchib borish talab etiladi.

 

Avvalroq,  bahorgi semestr uchun oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻqishini koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizalarni qabul qilish boshlangani haqida xabar bergan edik.