Finlandiyada joylashgan Aalto Ilmiy instituti (AScI) bakalavr va magistratura talabalariga o‘n ikki haftalik haq to’lanuvchi yozgi amaliyot dasturini taqdim qiladi.
AScI tashabbusining asosiy maqsadlaridan biri sifat, talabgorlarni xalqaro miqyosga olib chiqish va hamkorlik sanalib, ilg‘or potensialga ega bo‘lgan yangi fanlararo tadqiqot yo‘nalishlarini o‘rganish uchun platforma va vositalarni taqdim etish orqali Aaltoda tadqiqot mukammalligini yangilashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar mezbon bo‘lim tomonidan tadqiqotchi yordamchi sifatida ishga olinadi va €2000 oylik bilan ta’minlanadilar.
Talabalar quyidagi fakultetlardan birida amaliyot o‘taydilar:
- fan;
- muhandislik;
- elektr muhandisligi.
Muhim: Amaliyot olib borish mumkin bo’lgan loyihalar ro’yxati e’lon qilindi. U haqida bu yerda batafsil o’qish mumkin.
Dastur haqida umumiy ma’lumotni ushbu havoladan o‘qish mumkin.
Maqbullik shartlari
Nomzodlar bakalavr bosqichida o‘qiyotgan bo‘lishi yoki magistratura talabasi bo‘lishi:
– amaliyot mavzusiga mos akademik bilimga ega bo‘lishi;
– ingliz tilini yaxshi bilishi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Foydali tomonlari:
- talabalar o‘zlarining mezbonlik bo‘limi tomonidan tadqiqotchi yordamchi sifatida ishga olinadi. Yashash va turar-joy xarajatlari uchun yetarli miqdorda maosh to‘lanadi. Oylik maosh – min. €2000 (bakalavr uchun; magistraturaga bundan ham ko’proq);
- bir martalik safar xarajatlari uchun to’lov – €800 (Yevropadan tashqaridagilar uchun);
- dastur davomida talabalar ijtimoiy tadbirlar, kunlik sayohatlar, seminarlarga, doimiy tushlikdagi yig’ilishlarga qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
