Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng’irot tumani 47-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nurillayeva Dilnoza bir necha fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Natijalar:
Matematika – 69.89 ball (A)
Rus tili va adabiyot – 64.61 ball (B+)
Tarix – 55.84 ball (B)
IELTS 6.5 (B2)
Listening – 7.0
Reading – 6.5
Writing – 6.0
Speaking – 6.0
Avvalroq, Surxondaryo viloyati Termiz shahri 12-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Xolmo‘minova Nurhayot 5 ta fandan milliy sertifikatlar olib, talabalikni naqd qilgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 – 69,9 ball — A daraja;
60 – 64,9 ball — B+ daraja;
55 – 59,9 ball — B daraja;
50 – 54,9 ball — C+ daraja;
46 – 49,9 ball — C daraja.
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
- A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
- B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
- A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
