Surxondaryoda yana bir o‘quvchi 5 ta fandan milliy sertifikatlarni olib, talabalikni naqd qildi

Surxondaryoda yana bir o‘quvchi 5 ta fandan milliy sertifikatlarni olib, talabalikni naqd qildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahri 12-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Xolmo‘minova Nurhayot 5 ta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

 

Natijalar:

 

Kimyo – 68.6 ball (A)

 

Biologiya – 68.82 ball (A)

 

O‘zbek tili va adabiyot – 53.46 ball (C+)

 

Tarix – 47.91 ball (C)

 

Matematika – 46.76 ball (C)

 

Avvalroq, navoiylik o‘quvchi qiz muddatidan avval 189 ballni naqd qilgani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.