“Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 3271) 3-bandiga koʻra, umumtaʼlim muassasalarining sinflari oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagi meʼyorlar asosida komplektlanadi:
– shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha;
– qishloq hududlarida 20 ― 35 nafargacha (olis (togʻli, choʻlli) hududlarda joylashgan umumtaʼlim muassasalari bundan mustasno).
Oʻquvchilar soni mazkur meʼyorlardan kam boʻlgan hollarda umumtaʼlim muassasasi hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi va moliya boʻlimlari bilan kelishilgan holda sinflar komplektlanadi.
Bunda maktab tuman markaziga joylashgan boʻlsa, sinfdagi oʻquvchilar soni kamida 25 nafarni tashkil etishi kerak. Agar oʻquvchilar soni 25 nafardan kam boʻlsagina, u qisqartiriladi.
– oʻquvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I ― IV sinflar;– oʻquvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlangʻich sinf;– oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlangʻich sinf (I va III, II va IV sinflar).
