Davlat maktabida ishlaydigan oʻqituvchini xususiy maktabga ishga olish mumkinmi?

Davlat maktabida ishlaydigan oʻqituvchini xususiy maktabga ishga olish mumkinmi?

Davlat tashkilotlarida xodimlar aniq shtat birliklari (stavkalar) asosida ishga olinadi.

 

Xususiy sektorda esa bunday majburiyat yoʻq — korxona oʻzi xohlasa shtat jadvali tuzadi yoki tuzmasligi ham mumkin. Muhimi, xodimga toʻlanadigan oylik mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi kerak (hozirda 1 mln 271 000 soʻm).

 

Agar shu shart bajarilsa, xodimning pensiya staji toʻliq hisoblanadi. Shuningdek, xususiy sektorda xodim bir necha joyda ishlashi ham mumkin — bu qonun bilan cheklanmagan.

 

Xususiy sektorda stavka soniga cheklov yoʻq, faqat minimal ish haqi va mehnat shartnomasiga rioya qilinsa, boʻldi.

 

Shunga koʻra, sizdagi holatda davlat maktabida ishlaydigan oʻqituvchini xususiy maktabga ishga olishingiz mumkin.

 

Biroq bunda uning asosiy ish joyidagi ish soatlari buzilmasligi kerak.