Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻquvchilar uchun sunʼiy intellekt va robototexnika kursi tashkil etildi.
Ushbu kursda maktabning 32 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha koreyalik mutaxassislardan bilim olishmoqda.
Muassasaga Koreya ta’lim vazirligining granti asosida Robototexnika laboratoriyasini moddiy-texnik bazasini shakllantirish maqsadida Arduino to‘plami va PIBO roboti olib kelingan. Ushbu jihozlar orqali o‘quvchilarda dasturlashga oid o’rgangan nazariy bilimlarini Robot qurilmalarida sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur maktabda tajriba-sinovdan oʻtkazilayotgan loyiha natijasida olinadigan ijobiy tajribalar boshqa maktablarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.