Taʼlim vazirliklarining 08.10.2025 dagi 3515-1-sonli qarori 3-bobida Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxati berilgan.
Ushbu roʻyxatdagi 1-11-sertifikatlarning C1 yoki unga tenglashtirilgan darajalari maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim pedagoglariga ustama toʻlash uchun asos boʻladi.
Ushbu sertifikatlar quyidagilar:
— Milliy Sertifikat — C1
— IELTS — 7.0 +
— TOEFL iBT* — 95+
— iTEP Academic Plus- C1
— Cambridge English Qualifications: C1 Advanced — 180+
— TKT (3ta modul Band 3 + B2 sertifikat)
— TESOL/TEFL/TESL** (pass + B2 sertifikat)
— Aptis ESOL for Teachers — C1
Muhim: Ushbu qarorda aynan maktabgacha jumlasi qoʻshilgan. Oldingi qarorda ushbu jumla boʻlmagan. Bundan koʻrinadiki, endi Davlat bogʻchasida faoliyat yuritadigan ingliz tili ustozlari ham ushbu qarorga koʻra ustama olishlari mumkin.
