2026-yilning I choragida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilandi.
Test sinovlari 2026-yilning yanvar–mart oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan:
YANVAR:
– 2026-yil 8-yanvar;
– 2026-yil 22-yanvar.
FEVRAL:
– 2026-yil 5-fevral;
– 2026-yil 19-fevral.
MART:
– 2026-yil 5-mart;
– 2026-yil 19-mart.
Test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
