Barcha maktablarda Prezident maktablarining baholash tizimi joriy etiladi

Barcha maktablarda Prezident maktablarining baholash tizimi joriy etiladi

Muhokamalar portaliga ‘‘2030-yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi Farmon loyihasi joylashtirildi.

 

E’lon qilingan Prezident Farmoni loyihasiga asosan umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2030-yilgacha:

 

– 1 000 ta nomdagi yangi avlod darslik majmualarini (darslik, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar) chop etish;

 

– yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;

 

– ta’lim tashkilotlariga har yili 600 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

 

– Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ulushini 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Barcha maktablarda Prezident maktablarining baholash tizimi joriy etiladi