Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Joriy yil 30-dekabrda Prezidentning “Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–398-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlashni moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

 

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:

 

– umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

 

– ta’lim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar, o‘quv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan ta’minlash;

 

– boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.