Farg‘ona tumanidagi 9-maktab bitiruvchisi Nigoraxon Xoshimjonova bir nechta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Natijalar:
— kimyo – 70.74 ball (A+);
— biologiya fanlaridan – 74.48 ball (A+);
— o‘zbek tili va adabiyot fanidan – 55.38 ball (B);
— matematika – 50.54 ball (C+);
— tarix – 47.79 ball (C).
Avvalroq, Buxoroda 11-sinf o‘quvchisi Nurmatova Elnora muddatidan oldin talaba bo‘lish imkonini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 – 69,9 ball — A daraja;
60 – 64,9 ball — B+ daraja;
55 – 59,9 ball — B daraja;
50 – 54,9 ball — C+ daraja;
46 – 49,9 ball — C daraja.
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
- A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
- B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
- A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
