Andijonda IIB xodimi va universitet menejeri pora bilan qo‘lga olindi (video)

Andijonda IIB xodimi va universitet menejeri pora bilan qo‘lga olindi (video)

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xodimi sinov imtihonlaridan past baho olgan kursdoshidan yaxshi baho qo‘ydirib berish evaziga 2 million 700 ming so‘m talab qilgani aniqlandi.

 

Pullik xizmatni noqonuniy ekanligini tushungan talaba safdor xodimning xatti-harakatlarini Ichki ishlar vazirligi Andijon viloyati shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga murojaat qilib bor hodisani izohlab beradi.

 

Viloyat shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi safdor xodimi pullarni kursdoshidan olayotgan vaqtida ushlanadi.

 

Biroq xodim tezkor davom ettirilishni so’rab, yana bir shaxs yaxshi baho qo‘ydirib berishni va’da qilgan 2001-yil tug‘ilgan universitetda menejer bo’lib ishlaydigan fuqaroning ishtiroki borligi va so’ralgan pullar o’sha shaxsga berilishini ariza bilan murojaat qilgan.

 

Arizaga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, universitet xodimi 2 million 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olinadi. Unga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtiriladi.

 

Holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tegishli buyrug‘i bilan ‘‘O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlari organlari xodimlarining xizmatni o’tash tartibi to‘g‘risida’’gi nizomi 144-bandi a-kichik bandiga ko’ra, safdor xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatilib, to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.