Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari uchun yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Jizzax politexnika institutini Vengriyaning nufuzli “Abuda” universiteti boshqaruviga berishga qaror qilindi. O‘zbekistonda “Sukuba” milliy universiteti bilan hamkorlikda aniq fanlar bo‘yicha yangi oliygoh tashkil qilish haqida kelishib olindi.
Bu tajriba davom ettirilib, aniq fanlar va texnika yo‘nalishidagi oliygohlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlari jalb qilinadi.
Yana bir masala – mehnat bozoriga yiliga 300 ming oliy ma’lumotli kadrlar kirib kelmoqda.
Endi oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lib xizmat qiladigan raqamli ekotizim yaratiladi. Unda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “onlayn” tarzda ko‘rinib turadi.
Ushbu ekotizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi.
