Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ta’kidlashicha, bugungi kunda talabalarni yotoqxona bilan qamrab olish darajasi 50 foizdan yuqorini tashkil etmoqda. Rejaga ko‘ra, 3 yildan keyin talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qondiriladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ngrotboy Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.
Vazir Qo’ng’irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, yana 42000 o’rinli talabalar turar-joyi yaratilishi kerak.
«Endi taqqoslash uchun aytay. Talabalar soni keskin oshyapti, lekin yotoqxona qurilishi bu 2-3 yil vaqt oladigan jarayon. Shu nuqtayi nazardan ozgina kechikishimiz bor. Lekin bugungi kunda biz 50 % dan ortiq yoshlarimizning yotoqxonaga boʻlgan ehtiyojini qondirganmiz va yana aytamizki, yana uch yildan keyin bu ehtiyoj toʻliq qondiriladi», – deydi vazir yig’ilishda.
