Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 472-son buyrug‘iga asosan Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, aniq fanlar yo‘nalishi – matematika, informatika fanlaridan, tabiiy fanlar yo‘nalishi – kompleks tarzda fizika, kimyo, biologiya fanlaridan tashkil qilinadi.
Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi bosqichlari quyidagi muddatlarda:
— olimpiadaning ikkinchi – tuman (shahar) bosqichi 2026-yil yanvar oyida;
— olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi 2026-yil fevral oyida;
— tabiiy fanlar yo‘nalishida olimpiadaning to‘rtinchi – respublika bosqichi 2026-yil mart oyida;
— aniq fanlar yo‘nalishida olimpiadaning to‘rtinchi – respublika bosqichi Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi nomi bilan 2026-yil may oyida o‘tkaziladi.
