Aspire instituti — butun dunyo boʻylab kam taʼminlangan talabalar va yaqinda bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturini taqdim etadi.
Dasturning asosiy maqsadi har bir yosh oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqaradigan, oʻz yetakchiligi va isteʼdodi orqali gullab-yashnayotgan jamiyatlar qurishga hissa qoʻshadigan kelajak yaratishdan iborat.
Kurs onlayn tarzda olib boriladi va uchta moduldan iborat:
- 1-modul: Shaxsiy va kasbiy rivojlanish (3 haftalik);
- 2-modul: Aspire Horizons Course (5 haftalik);
- 3-modul: Immersive Learning.
Ayni рaytda dasturning 6-mavsumiga arizalar qabul qilinmоqda. Dastur 2026-yil 21-yanvargacha oʻtkaziladi. Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari:
- butun dunyo boʻylab talabalar va o’qishni yaqinda bitirganlar qatnashishi mumkin;
- kam daromadli oiladan bo’lish yoki oilada birinchi bo’lib universitetda o’qiyotgan bo’lishi lozim;
- nomzodlar 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlishi hamda magistratura darajasini hali olmagan boʻlishi kerak;
- ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (intermediate level; sertifikat shart emas).
Foydali tomonlari:
- dasturda bepul qatnashish mumkin;
- barcha uchun 3 bosqichli interaktiv onlayn kurs taqdim etiladi;
- global miqyosdagi guruhlar oʻrtasi jonli muloqotlar oʻtkaziladi;
- jahon darajasidagi pedagoglar tomonidan mahorat darslari oʻtiladi;
- Garvard universiteti fakultetlari tomonidan ishlab chiqilgan va topshirilgan kurs ishlari ustida ishlash imkoniyati.
