Talabalar kontrakt to‘lovining kamida 50 foizini 2026-yil 1-yanvargacha to‘lashlari kerak

Talabalar kontrakt to‘lovining kamida 50 foizini 2026-yil 1-yanvargacha to‘lashlari kerak

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtgan 2431-5 buyrugʻiga ko‘ra, oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritilgan.

 

Nizomga ko‘ra, oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqish uchun toʻlov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

 

– belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi — talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha hamda ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

 

– belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

 

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi toʻlov muddatlarini uzaytirishi mumkin.