Hemis tizimiga imtihonlarini topshirishda Face-ID tizimi asosida identifikatsiya qilish imkoniyati qo‘shildi

Hemis tizimiga imtihonlarini topshirishda  Face-ID tizimi asosida identifikatsiya qilish imkoniyati qo‘shildi

Oliy ta’lim vaziri majlisda talabalar uchun test imtihonlarini topshirish funksionaliga Face-ID tizimi asosida identifikatsiya qilish imkoniyati qo‘shilganini ma’lum qildi.

 

Test imtihonlarini topshirishda biometrik identifikatsiya qanday amalga oshiriladi?

 

HEMIS tizimining test imtihonlarini topshirish funksionaliga tinglovchini yuz tasviri (FaceID) asosida identifikatsiya qilish imkoniyati qo‘shildi.

 

Mazkur funksiyadan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib, u test sozlamalaridagi FaceID parametri orqali boshqariladi.

 

Jarayon quyidagicha:

 

1. Funksiyani ishga tushirish uchun imtihon sozlamalarida FaceID parametrini faollashtirish zarur;

2. Shunda talaba kabinetida testni boshlash tugmasi bosilganda, yuz orqali identifikatsiya sahifasi ochiladi;

3. Talaba yuz tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgach, unga test imtihoni ochiladi.

 

Muhim! Talabaning yuzi uning anketasiga yuklangan rasm asosida tekshiriladi. Agar imtihon sozlamalarida FaceID parametri o‘chirilgan bo‘lsa, test topshirish odatdagidek amalga oshiriladi.